Xabaringiz bor, Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu aloqalarning natijasi o‘laroq, kuni kecha oliygohimizga Karabük universitetining filologiya fanlari doktori, Professor, Chingiz Aytmatov nomidagi turk dunyosi amaliyot va tadqiqot markazi direktori Saidbek Boltaboyev tashrif buyurdi.
Tashrif rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan yanada qiziqarli tus oldi.
Uchrashuvda hamkorlik memorandumi doirasida ilmiy ishlar qilish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, amaliyot dasturlari haqida keng muhokama qilindi.
So‘ngida, rektorimiz Karimjon Boymirzayev Saidbek Boltaboyevga hamkorligimiz va milliyligimiz ramzi sifatida to‘n hadya qildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa