Namangan viloyati Xalq demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan “Siyosatdagi yoshlar” ko‘rik-tanlovida UBS Liderlari jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi!

G‘olib jamoa Xalq demokratik partiyasi tomonidan sertifikat, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir tashkilotida faol ishtirok etgani uchun UBS yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Faxritdin Asqarovga minnatdorchilik bildirildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa