UBS Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R. Xudayberganov boshchiligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:
— Guruh rahbarlari faoliyati – ularning ishlari tinglandi va tahlil qilindi;
— Talabalar ijtimoiy hayoti – ijarada yashovchi talabalar sharoitini o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berildi;
— Davomat nazorati – darslarga muntazam sababsiz kelmayotgan talabalar bilan ishlash muhimligi ta’kidlandi;
— Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish – talabalarni turli to‘garaklar va klublarga jalb qilish vazifasi yuklatildi.

Talabalarning har tomonlama rivojlanishi va sifatli ta’lim olishini ta’minlash – bizning ustuvor vazifamiz!
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa