UBS va IIT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
“University of Business and Science” delegatsiyasining Koreyaga safari davomida Sejong universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Sejong universiteti nufuzli “Times Higher Education” tashkilotining “World University Rankings – 2025” reytingida Janubiy Koreya universitetlari orasida 7-oʻrinni, dunyo universitetlari orasida 201–250-oʻrinni egallagan.
Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan ushbu universitet oʻzining akademik nufuzi, dolzarb ilmiy tadqiqotlari va talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlari bilan tanilgan.
Bugungi kunda Sejong universitetida muhandislik, biznes, sanʼat, dizayn kabi yoʻnalishlarda 14 ming nafarga yaqin talaba taʼlim olmoqda. Ulardan 2 400 nafardan ortigʻi xorijlik yoshlar hisoblanadi.
UBS va Sejong oʻrtasidagi memorandumga asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda:
– Universitetlar oʻrtasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi;
– Muhandislik yoʻnalishlaridagi talabalarni qisqa muddatli amaliyotlar;
– Sejong universiteti oʻquv dasturi asosida taʼlim berish;
– Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish.
Universitetlar oʻrtasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi doirasida talabalar 2 yil UBS hamda qolgan 2 yilni Sejong universitetida davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Qoʻshma taʼlim dasturi doirasida har bir oʻquv yili uchun UBS ning 60–100 nafar eng ilgʻor talabalari Koreyada oʻqishni davom ettirishi uchun maxsus tanlab olinadi va ularga Sejong universiteti oʻquv dasturi asosida taʼlim beriladi.
Bunda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
– Biznes boshqaruvi;
– Mehmondoʻstlik va turizm boshqaruvi;
– Davlat boshqaruvi;
– Kompyuter muhandisligi.
Ushbu dasturlar ikki mamlakat oʻrtasida taʼlimni rivojlantirish va bilim almashuvlarni kengaytirish, kredit va bitirish talablariga muvaffaqiyatli javob bergan talabalarga ikkala universitetdan ham diplom olish imkoniyatini yaratish maqsadida tuzildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishi boʻyicha ham bir qator yoʻnalishlar muhokama qilindi. Qoʻshimcha ravishda, talabalarni ECTS kredit tizimi asosida oʻqishini koʻchirish boʻyicha ham hamkorlikni amalga oshirish belgilab olindi.
Sejong universiteti muhandislar tayyorlash boʻyicha ham yetakchilar dargohlardan biri boʻlib, hamkorlik doirasida muhandislik yoʻnalishlaridagi UBS talabalari Koreyaga qisqa muddatli amaliyot oʻtashga yuboriladi.
Ushbu hamkorlik loyihalari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan oliy taʼlim va ilm-fan sohasi boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash doirasida olib borilayotgan amaliy ishlardan biri hisoblanadi.
UBS va IIT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
UBS va MIT o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
UBS Toshkentda Zakovatning yangi mavsumi boshlandi
UBS rahbariyati tarkibida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
UBSda yangi o'quv yiliga doir rejalar muhokama qilindi
UBS g‘oliblik shohsupasida: 2025-yilning eng yaxshi nodavlat universitetiga maxsus sovg‘alar topshirildi!
AIU va UBS o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
UBS talabalari uchun Malayziya endi bir qadam!
Sirtqi ta'lim talabalari uchun darslar boshlandi!
UBSda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yig'ilishi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin