Ijtimoiy-gumanitar va tillar kafedrasi psixologiya fani professor-o‘qituvchilari boshchiligida HLMRDV galereyasida tashkil etilgan Yu. Useinovning “Kimsan” ko‘rgazmasida UBS talabalari uchun ekskursiya tashkillashtirildi.
Ko‘rgazma har bir insonning bu hayotda o‘z o‘rnini anglashiga, "Men kimman?" degan savolga javob topishiga yordam beradi.

Har bir inson tongda uyg‘ongach, o‘ziga shu savolni berishi va shu orqali hayotdagi asl maqsadi va yo‘lini anglab yetishi lozim.
“Kimsan” — haqiqiy san’at va falsafiy mushohada uyg‘unligi!

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa