Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Narkologik xizmatlar bo‘limi, Toshkent shahar filiali oliy toifali narkolog-psixoterapevti Nargiza Babajonova Babanazarovna narkologik muammolarni hal qilishda keng tajribaga ega mutaxassis.

Bugun u universitetimizda mehmon bo‘lib, talaba yoshlar bilan uchrashdi. Talabalarimiz bilan bo‘lgan davra suhbatida narkologiyaning hayot uchun xavflaridan Z-avlodni ogohlantirdi va ijtimoiy mas'uliyat hissini singdirishga harakat qildi.

Nargiza Babajonova Babanazarovnaga vaqt ajratib kelganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa