Toshkent shahar IIBBdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Ravshanbek Xudayberganov ma’ruza qildi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Ma’rifat darsida UBS Toshkent filiali rahbarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ravshanbek Xudayberganov maʼruza qildi.
U o‘z nutqida, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanganligini, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tarixiy adolat va haqiqatni tiklash bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa