Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Xorijda o'qish imkoni, grant asosida ta'lim, stipendiya - "University of Business and Science"ni nima uchun tanlash kerak?

dnnclknclksa

Xorijda o'qish imkoni, grant asosida ta'lim, stipendiya - "University of Business and Science"ni nima uchun tanlash kerak?

Ta'lim olish bilan inson kelajagi belgilansa, oliy ta'lim yashash sifati, karyera darajasi qanday kechishini belgilab beradi. Shuning uchun ham universitet tanlayotganda yetti o'lchab bir kesish, OTMni har tomonlama o'rganib chiqish muhim. Agar sizga ishonchli joyda sifatli ta'lim olish, qolaversa, xorij OTMlarning amaliyotlarida, talabalar almashinuv dasturlarida qatnashib, to universitetni tugatguncha tayyor kadr bo'lib chiqish muhim bo'lsa, unda "University of Business and Science" aynan siz uchun.

University of Business and Science qanday OTM?

University of Business and Science 2022-yilda tashkil etilgan bo'lib, ta'lim berish uchun barcha zaruriy litsenziyaga ega, OTMda bitiruvchi talabalarga hech qanday muammosiz tan olinadigan diplom beriladi.

https://license.gov.uz/registry?filter%5Bnumber%5D=564024

azdx

UBS to‘rtta zamonaviy kampusga ega — ularning uchtasi Namangan viloyatida, biri esa Toshkent shahrida joylashgan. Barcha binolar sifatli ta'lim olish uchun zarur moddiy-texnik baza bilan ta'minlangan. Talabalar uchun qulay yotoqxonalar ham mavjud.

https://youtu.be/_MpwIcJdKR0

Ayni paytda UBSda 37 ta bakalavriat yo‘nalishida 20 ming nafardan ortiq, 6 ta magistratura mutaxassisligida 200 nafar va 5 ta doktorantura ixtisosligida 30 nafar talaba hamda tadqiqotchi ta’lim olib, ilmiy-tadqiqot olib borishmoqda.

Bakalavriat bosqichi kunduzgi ta'limda 4 yilni, sirtqi ta'limda 5 yilni qamrab oladi.

Ahamiyatli tomoni, universitetda stomotologiya, farmatsiya, davolash ishi, pediatriya ishi, oliy hamshiralik kabi tibbiyot yo'nalishlarida ham ta'lim olish mumkin. Universitet 2025/2026-o'quv yilidan boshlab tibbiyot yo'nalishlaridagi talabalarga sharoit yaratish uchun UBS klinikasini ishga tushirishni reja qilgan. Buning bilan talabalarda amaliyot va nazariyani birday chuqur o'rganish imkoni bo'ladi.

Kontrakt narxlari:

Kunduzgi ta’lim uchun - 16 mln 500 ming so‘m;

Sirtqi ta’lim uchun - 10 mln 125 ming so'm;

Tibbiyot fakulteti uchun - 24 mln so‘m;

Magistratura uchun - 22 mln 500 ming so‘m.

cyyug

Faqat kontrakt emas! Grant, stipendiya, abituriyentlarga chegirmalar

UBS talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, rag'batlantirishga va iqtidorli talabalar uchun sharoit yaratishga harakat qiladi.

Masalan, o'quv yili davomida a'lo baholarga o'qigan, iqtidorli talabalar uchun bir semestrlik grant ajratiladi va har semestr eng munosib 300 dan oshiq talaba bepul o'qish imkoniga ega bo'ladi.

Yoki abituriyentlar uchun ham maxsus imkoniyatlar bor. Masalan, abituriyentlar UBSning ichki imtihon markazlariga kelib oflayn imtihondan o‘tsa, ularga 1 mln, 2 mln va 3 mln so‘mlik vaucherlar ham topshiriladi. Bu vaucherlar ichki imtihonlarda yuqori ball to‘plagan va kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga taqdim etiladi.

Qolaversa, talabalar maxsus imtihonlardan o'tish orqali 9 oy davomida to'lanadigan stipendiyalarni ham qo'lga kiritishi mumkin.

nndhsa

Xalqaro dasturlarda qatnashish va chetda o'qib kelish imkoni

Talaba bo'lish faqat bir binoda 4 yilni o'tkazib yuborish emas, balki turli dasturlarda qatnashish, tajriba orttirish va zamonaviy ko'nikmalarga ega bo'lishni anglatadi. Bu imkoniyatni taqdim etish maqsadida UBS universiteti Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Polsha, Qozog’iston, Qirg’iziston universitetlari hamda mahalliy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Xususan, Janubiy Koreyaning Sejong universiteti bilan:

2+2 qo‘shma taʼlim dasturi (2 yil UBSda va 2 yil Sejong universitetida);

— Muhandislik yoʻnalishlaridagi talabalar uchun qisqa muddatli amaliyotlar;

— Sejong universiteti oʻquv dasturi asosida taʼlim berish;

— Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

jjhdrec

Ilmiy salohiyat, talabalarning yutuqlari

UBSda fan doktorlari faoliyat olib boradi, qolaversa, 40 foizdan ortiq fan nomzodlaridan iborat professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat olib bormoqda. Universitet tashkil etilgandan beri 45 nafar profesor-o'qituvchilar turli ilmiy unvonlar olishdi. Bugungi kunda UBS da 5 nafar xorijiy davlatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Yaqinda  “University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi 23–27-mart kunlari AQShning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan “TMS Annual Meeting 2025” xalqaro konferensiyasida qatnashdi va shunday nufuzli tadbirda ular taqdim etgan ilmiy ish hakamlar tomonidan eng yuqori bahoga loyiq deb topildi. Universitetning ilmiy yo'nalishda bu kabi yutuqlari ko'p.

Qolaversa, UBS talabalari ham respublika va xalqaro tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, talabalar orasida Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiatlari, “Eng yaxshi yutuqlari uchun” xalqaro tanlovi va “Kitobxon yoshlar ligasi” respublika kitobxonlik tanlovi g‘oliblari, shuningdek, “Quvnoqlar va Zukkolar” koʻrik-tanlovlari hamda Zakovat olimpiadalari sovrindorlari bor.

UBS klasteri rejasi

Ikki yildan beri UBS qoshida Namangan xalqaro tibbiyot texnikumi ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. Stomatologiya ishi, hamshiralik ishi, feldsherlik ishi va farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha 600 nafar yoshlar ta’lim olib kelishmoqda. Kelgusida UBS huzurida xususiy maktab va bog'cha tashkil qilish rejalashtirilgan.

"UBSni tugatib ish topa olamanmi?" "Diplom muammo bo'lmaydimi?"

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 31-moddasiga asosan, nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi. Bu degani, UBS universiteti diplomi davlat OTMlari bilan teng darajada tan olinadi.

Universitetda bitiruvchilarning mehnat bozorida o'z o'rnini topishlariga ko'maklashish maqsadida UBS Karyera Markazi tashkil etilgan. Talabalarni o'qish paytidan boshlab ish topishlariga ko'maklashish maqsadida mehnat yarmarkalari, seminar, master-klasslar va boshqa tabdirlar tashkil etib boriladi.

Xususan, 2023/2024-o'quv yilida UBS da magistaturani tamomlagan 42 nafar bitiruvchining barchasi ish bilan ta'minlangan. Ularning 34 nafari UBSda dars berish bilan birga ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda.

vxcessa

Sirtqi ta'lim shakliga qabul qilingan talabalarning aksariyati o'zlari faoliyat olib borayotgan sohalari bo'yicha (pedagog, bank, kadastr, ichki ishlar va h.k) oliy ma'lumot olish uchun UBSda ta'lim olishmoqda.

Universitet kontrakti uchun ta'lim krediti olsa bo'ladimi?

Respublikada 10 dan ortiq banklardan kunduzgi ta'lim shakli uchun ta'lim krediti olish mumkin. Qolaversa, kontraktni to'rtga bo'lib, "Uzum Nasiya" orqali oyma-oy bo'lib to'lash imkoni mavjud.

UBSga qanday qilib hujjat topshirsam bo'ladi? Imtihon qaysi fanlardan bo'ladi?

Buning uchun universitetning rasmiy vebsayti ubsu.uzga kirasiz va qabul bo'limini tanlashingiz kerak bo'ladi. Qolaversa, quyidagi manzillar orqali bog'lanib istalgan ma'lumotni olishingiz mumkin:

+998781132626

@ubsuzbekistan_bot

UBS ga hujjat topshirgan, tegishli fanlardan milliy sertifikatga ega abituriyentlar va fan olimpiadalari g'oliblari bo'lgan yoshlar universitetga imtihonsiz qabul qilinadi. Qolgan abituriyentlar imtihon topshirib, yuqori ball olishsa, nafaqat OTMga kirish imkoniga, balki grant yoki stipendiyaga ham ega bo'lishi mumkin.

Hoziroq hujjat topshiring va zamonaviylik hamda milliylikni uyg’unlashtirgan nufuzli universitet - University of Business and Science talabasiga aylaning!

131
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo