1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
Ayni kunlarda AQShda boʻlib turgan UBS rahbariyati yana bir nufuzli oliygoh bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.
Universitetimiz vakillari Illinois texnologiya institutida bo'lib, institut Prezidenti Professor Raj Echambadi bilan bir qator yoʻnalishlarda muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro akademik hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunda asosiy e’tibor talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratildi.
Muzokaralar davomida bakalavriat darajasidagi qo‘shma diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi:
3+1 bakalavriat dasturlari (3 yil O‘zbekistonda + 1 yil AQShda)
4+0 bakalavriat dasturlari (hamkorlik asosida UBSda)
Qo‘shma ta'lim dasturlaridan tashqari:
Talaba almashinuvi dasturlari;
UBS va Illinois texnologiya instituti o‘rtasida talabalar transferi imkoniyatlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ta'kidlash lozim, Illinois texnologiya instituti bilan hamkorlik quyidagi katta ustunliklarni taqdim etadi:
➖ AQShdagi eng nufuzli texnologik oliygohlardan birida o‘qish;
➖ Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bilan shug‘ullanish;
➖ Chikagoning rivojlangan texnologiya, biznes va startap ekotizimida tajriba orttirish;
➖ Talabalarda global bozor uchun yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ma’lumot o'rnida: "Illinois Institute of Technology (AQSh) dunyo universitetlari reytingida (THE) TOP-351–400 o‘rinlarni egallagan bo‘lib (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/illinois-institute-technology), AQShdagi TOP-5 muhandislik universitetlari qatoriga kiradi.
UBS kuchli global hamkorlikni rivojlantirish va talabalar uchun xalqaro muvaffaqiyat yo‘llarini yaratishda davom etadi.
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Sejong universitetida 1-amaliyot kuni
UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin