2204

Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi

"University of Business and Science" (UBS) rahbariyati AQShga tashrifi davomida dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Garvard universitetida bo‘lib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv chog‘ida Garvard universiteti vakillarining oliy ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalari tinglandi. Xususan, Garvard universiteti professori Kristofer Dede (https://www.gse.harvard.edu/directory/faculty/christopher-dede) UBS faoliyatiga qiziqish bildirib, rivojlanayotgan universitet sifatida o‘z tavsiya va maslahatlarini berib borish, shuningdek, Garvard bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadida UBS universitetining Maslahat kengashiga a’zo bo‘lishga rozilik bildirdi.

Ma'lumot uchun: Kristofer Dede (https://www.gse.harvard.edu/directory/faculty/christopher-dede)— Garvard universitetining Ta’lim bo‘yicha oliy maktabi professori, ta’lim texnologiyalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri. U raqamli ta’lim, innovatsion metodlar va sun’iy intellekt asosidagi loyihalar ustida ishlagan, shu jumladan AQShning Aeronavtika va koinotni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim loyihalarida ishtirok etgan.

Endi UBS universiteti Maslahat kengashi tarkibida Garvard universiteti professori ham bor. Bu esa universitet uchun global akademik tarmoq bilan yaqin hamkorlik qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida muhim imkoniyat yaratadi.

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Ta'limda chegaralar yo'q

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 99 746 98 99
  • +998 99 849 98 98
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish