UBS va Sejong universiteti hamkorligida qiymati 4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi
3100

UBS va Sejong universiteti hamkorligida qiymati 4 million AQSh dollarlik Ilmiy-tadqiqot markazi ish boshlaydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “University of Business and Science” (UBS) va Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sejong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Memorandumda ko‘zda tutilgan rejalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida, joriy yilning 22-may kuni Sejong universitetining Nanostrukturali materiallar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Prof. Kim Ki Buem va Prof. Hong Sung Hwan UBSga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida UBS Kuzatuv kengashi raisi professor Elyorjon Jumayev hamda rektor professor Karimjon Boymirzayev ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi.

E’tiborga molik jihati shundaki, muzokaralar yakunida UBS va Sejong universiteti o‘rtasida umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolandi.

Ushbu markaz orqali UBS professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari Seul shahrida joylashgan Sejong universiteti huzuridagi laboratoriyalarda zamonaviy ilmiy izlanishlar olib borish, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish hamda global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Texnologik metallar kombinati AJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarning tajriba-sinov ishlari ham aynan shu markazda UBS vakillari tomonidan bajariladi.

Ta’kidlash joizki, Sejong universiteti muhandislik sohasi bo‘yicha ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda Janubiy Koreyaning eng yetakchi oliygohlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tashabbus xalqaro ilmiy-tadqiqot hamkorliklarini kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, UBSda xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bu hamkorlik o‘zaro ishonch, barqaror taraqqiyot va ilmiy salohiyatni birlashtirishga xizmat qiluvchi mustahkam zamin yaratadi.

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish