1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
"University of Business and Science" (UBS) rahbariyati AQShga tashrifi davomida dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Garvard universitetida bo‘lib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv chog‘ida Garvard universiteti vakillarining oliy ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalari tinglandi. Xususan, Garvard universiteti professori Kristofer Dede UBS faoliyatiga qiziqish bildirib, rivojlanayotgan universitet sifatida o‘z tavsiya va maslahatlarini berib borish, shuningdek, Garvard bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadida UBS universitetining Maslahat kengashiga a’zo bo‘lishga rozilik bildirdi.
Ma'lumot uchun:
Kristofer Dede Garvard universitetining Ta’lim bo‘yicha oliy maktabi professori, ta’lim texnologiyalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri. U raqamli ta’lim, innovatsion metodlar va sun’iy intellekt asosidagi loyihalar ustida ishlagan, shu jumladan AQShning Aeronavtika va koinotni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim loyihalarida ishtirok etgan.
Endi UBS universiteti Maslahat kengashi tarkibida Garvard universiteti professori ham bor. Bu esa universitet uchun global akademik tarmoq bilan yaqin hamkorlik qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida muhim imkoniyat yaratadi.
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Sejong universitetida 1-amaliyot kuni
UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin