1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari oldiga "ta’lim – ilm-fan – sanoat" zanjirini shakllantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
🇺🇸 Mazkur vazifalarning amaliyotdagi ijrosi sifatida ayni kunlarda UBS Kuzatuv kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev boshchiligidagi universitetimiz delegatsiyasi AQShning Ogayo shtatida o‘tayotgan “Materialshunoslik va muhandislik texnologiyalari – 2025” (MS&T25) xalqaro anjumanida faol ishtirok etmoqda.
Ushbu anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan jamlangan 3 000 nafardan ortiq olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari materialshunoslik, metallurgiya va muhandislik sohalarida o‘zaro bilim va tajriba almashmoqda.
Quvonarlisi, mazkur xalqaro tadbirda UBS Kuzatuv kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev, TMK Boshqaruv raisi Farhod Abdullayev hamda TMK Boshqaruv raisi oʻrinbosari Amir Abidov hammuallifligidagi yangi turdagi kashfiyot ya’ni yuqori mexanik va kimyoviy xususiyatga ega super qotishma bo‘yicha tayyorlangan ilmiy ma’ruza xalqaro hamjamiyat vakillari tomonidan alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadqiqotlar UBSning ilmiy salohiyati yanada oshirishga hamda olimlarimizning xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Sejong universitetida 1-amaliyot kuni
UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin