UBS vakillari Italiya janubining nufuzli oliygohi — "Università del Salento"ga tashrif buyurdi.
Università del Salento — Italiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri bo‘lib, xalqaro hamkorlik, innovatsion tadqiqotlar va ilg‘or loyihalari bilan tanilgan. QS reytingida TOP-1000 talikdan o‘rin olgan ushbu universitet bilan hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
— Qisqa muddatli o‘qituvchi va talaba almashinuvi,
— 1-semestrlik talaba almashinuvi dasturlari,
— Erasmus+ dasturi doirasida student va teacher mobility,
— Ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik,
— Erasmus orqali yirik loyihalarni amalga oshirish,
— Xalqaro konferensiyalarda ishtirok, 2+2 va 3+1 qo‘shma ta’lim dasturlari.
Bu hamkorlik nafaqat ilmiy salohiyatni oshirish, balki talabalarimizga Yevropa ta’lim makonida o‘qish va tajriba orttirish imkonini beradi!
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa