University of Business and Science delegatsiyasining Janubiy Koreya boʻylab xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi strategik hamkorlik amaliy ta’lim yoʻnalishida oʻz nufuziga ega boʻlgan Daekyeung Universiteti bilan oʻrnatildi.
Tashrif doirasida UBS vakillari Daekyeung Universiteti prezidenti Lee Chae Young bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlik memorandumi imzoladi.
Unga koʻra, endilikda K-Beauty, hamshiralik va koreys xalq tabobati kabi yoʻnalishlarda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Qoʻshma ta'lim dasturlari;
Talaba va professor-oʻqituvchilarning ikki tomonlama almashinuvi;
Janubiy Koreyada qisqa muddatli oʻquv kurslari va amaliyotlar.
Ma'lumot oʻrnida, Daekyeung Universiteti oʻzining turizm, mehmondoʻstlik, tibbiyot va koreys xalq tabobati kabi kuchli yoʻnalishlari bilan xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.
Ushbu hamkorlik talabalarimizda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa