Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari kongressi UBS uchun samarali hamkorlik kelishuvlariga toʻla boʻldi.
Kongress yakunlariga koʻra UBS 6 ta xorijiy universitet bilan memorandum imzoladi va 20 ga yaqin oliy oʻquv yurti bilan oʻzaro anglashuv muzokaralarini olib bordi.
Yangi hamkorlar orasida:
Bratislava University of Economics and Management
WSB University
Krakow University of Economics
Silesian University of Technology kabi nufuzli oliygohlar bor
Kelishuvlarga koʻra:
Qisqa va uzoq muddatli talaba va professor-ustozlar almashinuvi;
Xalqaro konferensiyalar ishtiroki
Qoʻshma dasturlar amalga oshirish;
Grand loyihalarida birga ishtirok;
ERASMUS+ dasturi doirasida ishlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Maʼlumot oʻrnida, ERASMUS+ dasturi doirasida, yuqoridagi 2 ta universitet — Krakow University of Economics va Silesian University of Technology’ga 4 nafar ustozimiz borib, talabalar bilan oʻz bilimini boʻlishib kelgan.
Anjumanda erishilgan yutuqlar professor-oʻqituvchilar va talabalar ilmini oshirishda koʻprik vazifasini oʻtashiga ishonamiz.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa