UBS xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Jasur Isroilov 8-12-iyun kunlari Ruminiyaning Gʻarbiy Timishoara universitetida boʻlib oʻtgan "16-Xalqaro xodimlar haftaligi"da ishtirok etdi.
Haftalik davomida xalqarolashuv, akademik almashinuvlar, xalqaro reytinglar, shaxsiy rivojlanish kabi muhim mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvga 25 dan ortiq davlatdan 60 ga yaqin universitet xodimlari qatnashdi va UBS Fransiya, Italiya, Latviya, Tayvan, Moldova, Shvetsariya va Polsha kabi davlatlarning 10 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
Endi professor va talabalarimiz yuqoridagi davlatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro almashinuv dasturida qatnasha oladi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa