“BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI DOIRASIDA MILLIY TANLOV!
74

“BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI DOIRASIDA MILLIY TANLOV!

📢 E’LON!

“BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI DOIRASIDA MILLIY TANLOV!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida milliy tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, har yili loyiha doirasida milliy tanlov o‘tkazilishi belgilangan.

Tanlovning asosiy maqsadi – loyiha doirasida faol ishtirok etgan, o‘z natijalari bilan boshqalardan ajralib turgan talabalar va oliy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlov Nizomiga muvofiq, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🏆 «Eng faol oliy ta’lim tashkiloti» – eng yuqori natijaga erishgan 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🎁 «Eng faol ishtirokchi» – loyiha doirasida yuqori faollik ko‘rsatgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Aziz talabalar, sizdan nima talab etiladi?

✅ Loyiha platformasida ro‘yxatdan o‘ting: https://aileaders.uz/

✅ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga oid o‘quv kurslarida faol ishtirok eting.

✅ Kurslarni o‘zlashtiring va belgilangan topshiriqlarni bajaring.

✅ Bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib, yuqori natijalarga erishing.

📌 Eslatma: Loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va imkoniyatlar bilan tanishish uchun «Talabalar uchun» infografikalari bilan tanishib chiqing. Infografikalar universitetning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va Telegram kanallarida joylashtiriladi.

🌟 Sizning har bir natijangiz universitetimizning umumiy yutug‘iga xizmat qiladi!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Faol bo‘ling, bilim oling va g‘oliblar safidan joy oling!

Nizom uchun link: https://t.me/ubs_public_files/16

 

“BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI DOIRASIDA MILLIY TANLOV!

“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!

UBS professori "Yangi O‘zbekiston yosh olimlari" qatoridan joy oldi!

Sevimli "UBS xabarnomasi" gazetamizning yangi soni nashrdan chiqdi!

UBS faoliyati tahlili va istiqboldagi rejalar

UBS oʻqituvchilari Qirgʻizistonda malaka oshirdi

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot