Karyera nima degani?
Karyera — bu insonning o‘z kasbida yoki faoliyat sohasida muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida qilgan sa’y-harakatlari va rivojlanishi jarayoni.Masalan, siz oddiy bank xodimisiz. Yillar davomidagi malaka, tajriba va qattiq mehnat natijasida sohangiz bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borasiz. Tom ma’noda rivojlanasiz.Keyin esa lavozimingiz, qiladigan ishlaringizning muhimlilik darajasi ham ortib boradi. Shu tariqa sohangizning yangi yo‘nalishlarida ham o‘zingizni sinab ko‘rasiz va shu taxlit karyera yo‘lingizni qurib borasiz.- Karyera nafaqat ish va lavozimni egallashdan iborat, balki o‘z maqsad va ambitsiyalaringizni ro‘yobga chiqarish, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish, shaxsiy va professional jihatdan o‘sishdir.- Karyera inson hayotining muhim qismi bo‘lib, u orqali inson o‘zini jamiyatda anglaydi va o‘z o‘rnini topadi.