Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart
882

Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart

Ishxonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas.

Qaysidirlari juda muhim — bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim — kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas — hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim.

Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta lavozim oshishlariga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.

©️ Jahongir Rahmonov

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish