Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Ermanbetova rahbarligida o‘tkazilgan “Askiya – so‘z san’ati turi. Tomosha san’ati janrlari tahlili” mavzusidagi ochiq dars UF 24-06 guruhi talabalarining faolligi va notiqlik qobiliyatini oshirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.

Dars davomida:
-Askiyaning xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni va san’at sifatidagi xususiyatlari yoritildi;
-Talabalar jonli ijroda askiya namunalarini sahnalashtirdi;
-Innovatsion pedagogik metodlar asosida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi;
-Turli viloyatlarga xos askiyalar va folklor namunalari yozib olinib, tahlil qilindi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa