Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UBS va Tsukuba Universiteti: Akademik hamkorlikda yangi ufqlar sari

Xabaringiz bor, 20-iyun kuni, "University of Business and Science" delegatsiyasining Yaponiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tsukuba Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Uchrashuvda ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar va innovatsion yechimlar orqali universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

Muzokaralarda quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Ta’lim va akademik almashinuv: talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ikki tomonlama almashinuv hamda qo‘shma ta’lim tashabbuslari.

Ilmiy hamkorlik: qo‘shma o‘quv kurslari, seminarlar va tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish.

Raqamli texnologiyalar: sun’iy intellekt va innovatsion yechimlarni ta’limga integratsiya qilish.

Ijtimoiy fanlar va barqaror taraqqiyot: madaniy va ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvi.

Ma'lumot o'rnida Tsukuba Universiteti, Yaponiya va xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega:

Dunyo reytingida (THE) TOP-350 talik ;

Universitet kattaligi bo‘yicha Yaponiyada 2-o‘rinda;

Yaponiyadagi 800 dan ortiq universitet orasida 6-o‘rinni egallagan.

UBS uchun bu hamkorlik — ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, global tajribani universitet faoliyatiga kengroq tatbiq qilish va talaba hamda o‘qituvchilar uchun xalqaro imkoniyatlar eshigini ochish demakdir.

28
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo