1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
23-sentyabr kuni University of Business and Science (UBS) rahbariyati, Riga Technical University (RTU) vakillari hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
Qo‘shma ilmiy-tadqiqot (R&D) markazlarini tashkil etish va rivojlantirish;
Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
Erasmus+ dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.
Ma’lumot uchun: Riga Technical University (RTU) — 1862-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Baltikbo‘yi mintaqasidagi eng yirik va eng qadimiy texnik universitetlardan biri hisoblanadi. RTU muhandislik, arxitektura, biznes va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olingan. Bugungi kunda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Uchrashuv natijasida UBS talabalari uchun Yevropa oliygohlari sari keng imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Sejong universitetida 1-amaliyot kuni
UBS talabalari Janubiy Koreya amaliyotiga yo‘l oldi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin