Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yil

Prezidentimizning “Taʼlim – ilm-fan – sanoat” zanjirini yaratish hamda dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tashabbuslari yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Xususan, University of Business and Science (UBS) rahbariyati va Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi hamkorlikda AQSHning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida MIT vitse-prezidenti, dunyo miqyosida tan olingan olim professor Dimitris Bertsimas bilan muzokaralar oʻtkazildi. Unda kelasi yildan boshlab MIT tomonidan universitetimiz professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish hamda talabalar uchun Bootcamp (intensiv kurs) dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik doirasida talabalarimiz startap loyihalarini rivojlantirishda ko‘mak olish, MIT ilmiy-tadqiqot markazida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Taʼkidlash joizki, ushbu hamkorlik universitetimiz uchun nihoyatda foydali boʻlib, AQSH dasturlarini joriy etish, shuningdek, professor-oʻqituvchilarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri muhitini his qilish imkonini beruvchi mustahkam koʻprik vazifasini bajaradi.

23
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo