UBS delegatsiyasining xizmat safari doirasidagi navbatdagi manzili — Osiyoning yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lgan Universiti Putra Malaysia (UPM) bo‘ldi.
Delegatsiyani universitet rahbariyati samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun: UPM — Malayziyaning yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib, ilm-fan, innovatsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida mintaqaviy yetakchilik qiladi. Universitet 2025-yilgi QS World University Rankingsda 134-o‘rinni, Osiyo reytingida esa 20-o‘rinni egallagan.

Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylandi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa