Bugun, UBS delegatsiyasi Malayziyadagi xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri — INTI International Universityga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib, ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.
Maʼlumot uchun: INTI International University 2025-yilgi QS Asia University Rankings natijalariga ko‘ra 170-o‘rinda. Bugungi kunda, Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan oliy taʼlim muassasalaridan biridir.

Bu uchrashuv — UBSning xalqaro maydondagi faoliyatini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi tashrifi boʻldi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa