Kutilgan kun keldi. Sahna yondi, qizlar porlab chiqdi va gʻoliblar aniqlandi!

Bugungi Finalda har bir ishtirokchi qiz oʻzini toʻliq namoyon qildi — qiziqarli sinovlar, kuchli raqobat va haqiqiy mahoratlar bellashuvi boʻldi goʻyo.

Ammo, har bir tanlovning munosib gʻolibi munosib taqdirlanishi kerak. Xuddi ushbu bellashuvdagidek:
1-oʻrin — Farzona Abdugaffarova, Filologiya fakulteti talabasi 1 semestrlik grant bilan;
2-oʻrin — Maftuna Oxunjonova, Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi 2 million soʻmlik vaucher bilan;
3-oʻrin — Mubinabonu Tursunova, Tibbiyot fakulteti talabasi esa 1 million soʻmlik vaucher bilan taqdirlandi.
Tabriklaymiz!
Bu gʻalaba oddiy gʻalaba emas. Bu oʻz-oʻziga ishonchning, qoʻrqmasdan sahnaga chiqishning ramzidir.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa