
Joriy yilning 14-may kuni University of Business and Science tashabbusi bilan AloqaVentures, Yoshlar Ventures, AIS Ventures, AloqaBank va Startup Garage hamkorligida “UBS demo day” innovatsion loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida AloqaVentures venchur fondi faoliyati, startapchilar uchun mavjud imkoniyatlar, investitsiya jalb qilish va loyihalarni rivojlantirish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Startup Garage va Yoshlar Ventures vakillari tomonidan ham yosh tadbirkorlar va startapchilar uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ekotizim imkoniyatlari hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Demo Day doirasida UBS talabalari va yosh startapchilar o‘z loyihalarini investorlar hamda ekspertlar oldida namoyish etdilar. Xususan, “CliniCore”, “Etnicolor”, “EkoToys”, “MediD” va “VISITCA” kabi startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.


Tadbir yakunida istiqbolli startaplar taqdirlanib, investitsion takliflar e’lon qilindi. Ishtirokchilar ekspertlardan feedback olish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va loyihalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Bu kabi tadbirlar talabalarga o‘z startap g‘oyalarini rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq etish va real loyihaga aylantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Kelgusida bunday tashabbuslar UBS’da yanada keng ko‘lamda va yuqori saviyada davom ettiriladi.
UBS bilan startap g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa