Bugun universitetimizda tarixiy ahamiyatga ega tadbir boʻlib oʻtdi.

"Zamonaviy tibbiyotda xalq tabobati va fundamental fanlar integratsiyasi: Innovatsion yechimlar platformasi" mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi.

Nima uchun bu anjuman muhim?
Ushbu anjuman ikki yoʻnalish — zamonaviy tibbiyot va an'anaviy xalq tabobatini birlashtirish, fundamental fanlarning tibbiyotdagi ahamiyatini oshirish va xalqaro hamjamiyat bilan tajriba almashish uchun platforma boʻlib xizmat qildi.
Konferensiyada Turkiya, Germaniya, Hindiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning va Oʻzbekistonning taniqli professor-olimlari oʻz ilmiy izlanishlari va amaliy tajribalari bo‘yicha ma'ruza qilishdi.
Anjuman nafaqat ilmiy muhokamalar, balki amaliy tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalar oʻrnatish va kelajakdagi qoʻshma tadqiqotlar uchun mustahkam zamin yaratish imkonini berdi.

Konferensiya yalpi yig‘ilishidan so‘ng quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi:
Xalq tabobati va integrativ tibbiyot: zamonaviy yondashuvlar va o‘zbek olimlarining ilmiy hissasi;
Zamonaviy tibbiyot va klinik amaliyotda innovatsion yechimlar;
Kimyo, biologiya va fizika fanlarini o‘qitishdagi muammolar va innovatsion pedagogik yondashuvlar;
Fundamental fanlar va fanlararo integratsiya: tibbiyot, xalq tabobati, iqtisodiyot, pedagogika va boshqa sohalarda innovatsion tadqiqotlar.
Konferensiya soʻngida, ishtirokchilarning har biriga maxsus sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
UBS xalqaro ilm-fan maydonida oʻz oʻrnini mustahkamlamoqda.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa