Bugun, 5-may kuni UBSda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan talabalar oʻrtasida voleybol, shaxmat, tennis va futbol chempionatlari oʻtkazildi.

Har bir oʻyin qizgʻin va hayajonli bahslarga boy boʻldi.

Ushbu tadbirlardan koʻzlangan maqsad yoshlar oʻrtasida sportni keng targʻib qilish, ommalashtirish va jamoaviy birdamlikni shakllantirishdan iborat.
Musobaqa yakunida tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi va universitet rahbariyati tomonidan gʻolib jamoalar munosib taqdirlandi.
Barcha ishtirokchilarga koʻrsatgan faolligi va shijoati uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Biz nafaqat ilm-fan, balki sogʻlom turmush tarzini ham birdek targʻib qilishda davom etamiz.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa