UBS oʻqituvchilari Ozarbayjon Respublikasiga uyushtirilgan xizmat safari davomida zamonaviy ta’lim tizimi va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Safar doirasida delegatsiya a'zolari Ozarbayjon davlat neft va sanoat universitetida boʻlib, oʻquv jarayonlarini tashkil etish va boshqarish boʻyicha ilgʻor metodikalarni oʻrgandi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya xalqaro kollejida boʻlib oʻtgan ilmiy-amaliy anjumanda N.Karimova va D.Rahimova oʻz dissertatsiyasi boʻyicha ma'ruza qilib, britaniyalik mutaxassislar bilan inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Rasmiy uchrashuvlardan soʻng mamlakatning boy madaniy merosiga bagʻishlangan ekskursiya tashkil etildi.
Bu esa ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa