Bugun, 7-may kuni UBS talaba-yoshlarining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzmilliybank” AJ hamda Markaziy bank mas’ullari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda "Oʻzmilliybank" AJ "Kelajakka qadam" markazi menejeri Elnara Toirova, mas'ul rahbar Axadjon Mirzayev hamda Markaziy bank vakili Boburjon Odashev bitiruvchi kurs talabalari bilan suhbat olib bordi.

Shuningdek, uchrashuvda Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Bekzod Sulaymanov ham ishtirok etib, yoshlarning biznes loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
"Kelajakka qadam" markazining asosiy maqsad va vazifalari;
Muvaffaqiyatli biznes reja tuzishning oʻziga xos jihatlari;
Startap loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar;
Kredit olish shartlari va yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan afzalliklar.
Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, biznes gʻoyalarini tatbiq etish boʻyicha amaliy tavsiyalarga ega boʻldi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa