Kelajak bugun mehnat qilganlarniki!
1846

Kelajak bugun mehnat qilganlarniki!

Kelajak bugun mehnat qilganlarniki!

Bugun sizlar bilan oliygohimizdagi eng hayajonli va emotsiyalarga boy lahzalar haqida oʼrtoqlashmoqchiman. Ha, siz toʼgʼri oʼyladingiz – bu IMTIHON jarayonlari. Undagi hayajon, ikkilanish va qoʼrquv hech bir talabani bir lahzaga boʼlsada befarq qoldirmaydi.

Ishonch bilan ayta olamanki, UBSda imtihon jarayonlari mutlaqo sof va shaffof tarzda oʼtkaziladi. Dastlab imtihon olinadigan xonalardan boshlaymiz. Ular 100% kamera nazorati ostida boʼladi. Talabalar xonaga oʼquvchi formasida, qoʼllarida ruchka va ichimlik suvi bilan kirishadi. Guruh sardori ustki qismi pechatlangan daftarlarni oʼqituvchi stoliga qoʼyadi. Shu kuni hattoki fan oʼqituvchisi ham faqat qoʼlida konvert bilan xonaga kiradi. Rahbariyat tomonidan belgilangan imtihon topshiriqlari oldindan konvertlarga solinadi va oʼqituvchi talabalar koʼz oʼngida konvertni ochadi. Soʼng daftar va topshiriqlar talabalar oʼrtasida tarqatiladi.

Ana endi xammasi oshkora boʼladi – oʼqituvchi shunchaki nazorat qiladi xolos. Bu paytda xonadagi sukunatni soʼz bilan ifodalash qiyin. Sukunatni hatto suvning tiniq ovozi singari jimjitlik bosadi, faqat baʼzi talabalar chuqur nafas olib, stressni yengishga harakat qilayotganini eshitish mumkin.

Dars tayyorlagan, bilimga intilgan talabalar imtihonni birinchilardan boʼlib topshirib, xonani tark etadi. Ha, vaqt tugashidan oldin imtihon topshirgan talabalar xonadan chiqishga ruxsat beriladi.

Ertasi kuni fan oʼqituvchisi guruh sardoriga kimlar imtihondan oʼtolmagani haqida xabar beradi. Oʼsha paytda aniq boʼladi – kimlar oʼqigan, kimlar shunchaki borib kelgan. Bu ham hayajonli lahza, chunki bu yerda omadning aloqasi yoʼq. Ustoz 3 baho olgan talabani ham keyingi semestrga oʼtkazadi, lekin imtixondan oʼtolmagan talabalar qayta topshiradi. Bu sanani esa rahbariyat belgilaydi.

UBS yoshlar uchun qaygʼuradi va yana bir bor imkoniyat beradi. Agar shunda ham talaba yiqilsa, u kredit modul uchun jarima toʼlaydi. Shunday qilib, kontrakt uchun pul sarflab, oʼqishga kelish uchun vaqt sarflab, imtihondan yana oʼtolmaslik bu juda achinarli holat.

Hurmatli UBS talabalari, ortda qolgan buguningiz uchun vijdoningizga hisob berib koʼring. Bugun oʼzingizdan qoniqdingizmi? Ertangi kunga tayyormisiz?

Talabalar mustaqil ishni noodatiy topshirdi

Navbat UPSIga: UBS talabalariga xalqaro sertifikatlar topshirildi

UBSda qabulga oid vazifalar belgilab olindi

Sog‘lom turmush tarzi sari 5000 qadam

UBS Demo Day: innovatsion g‘oyalar, ekspertlar va investitsiya imkoniyatlari maydoni

“Sosyalfest 2026” xalqaro festivalida UBS vakillari taqdirlandi

UBS talabalari operatsiyada ishtirok etdi

SEGi International University ham zabt etildi: UBSliklar xalqaro sertifikat egasi boʻldi!

Central Asia – European Union University Congress 2026 UBS uchun ulkan natijalarga boy oʻtdi

Bugun UBS Toshkent filiali jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga borishdi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish