University of Business and Science tasahbbusi bilan Namangan shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi sari 5000 qadam” shiori ostida yugurish va yurish musobaqasi tashkil etildi.

Marafonda universitet rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar bir safda jam bo‘lib, jismoniy faollik, sog‘lom hayot va ommaviy sportni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birlashdilar.
Tadbir ishtirokchilarga nafaqat sport bilan shug‘ullanish, balki kunni tetiklik, yuqori kayfiyat va ijobiy ruhda boshlash imkonini berdi.

Musobaqa davomida jamoaviy birdamlik, faollik va sog‘lom turmush tarziga intilish yanada mustahkamlandi.
Masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tgan hamda tadbirda faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xususan, eng yoshi katta ayol va erkak o‘qituvchi, shuningdek, eng yoshi kichik o‘g‘il bola va qiz bola maxsus sertifikatlar bilan mukofotlandi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa