Janubiy Koreya – nafaqat Osiyoda balkim dunyoda yetakchi taʼlim markazlaridan biri
2160

Janubiy Koreya – nafaqat Osiyoda balkim dunyoda yetakchi taʼlim markazlaridan biri

Janubiy Koreya taʼlim sifati va samaradorligi hamda mazkur jarayonlarga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi boʻyicha dunyoning yetakchi  mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Dunyoning eng yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan “QS World Ranking”ning 2025-yil uchun moʻljallangan reytingida ushbu mamlakatdan 42 ta , “Times Higher University” reytingida esa 44 ta oliygoh TOP-1000 talikdan oʻrin olgan.

Xususan ular orasida “Seoul National University”, “Sejong University”, “KAIST — Korea Advanced Institute of Science & Technology”, “Yonsei University” hamda “Korea University” kabilar muntazam ravishda eng yaxshilar qatorida tan olinib kelinadi.

 

Keng moliyaviy yordam va stipendiya dasturlari

 

Bugungi kunda 300 ming nafardan ortiq xorijlik talabalar oliy taʼlim olayotgan Janubiy Koreya chet eldan talabalarni jalb qilish boʻyicha boʻyicha dunyoda 8-, Osiyoda 4-oʻrinni egallagan.

Chet ellik talabalar uchun Janubiy Koreyada oʻqishning eng katta afzalliklaridan biri turli stipendiya dasturlari va moliyaviy yordam imkoniyatlaridir.

Global Korea Scholarship (GKS) dasturi xorijiy talabalar uchun eng mashhur stipendiya boʻlib, bu grant orqali talabalar kontrakt toʻlovi, turar joy, yashash xarajatlari va sugʻurta bilan taʼminlanadi. Shuningdek, koʻplab universitetlar oʻz ichki stipendiya dasturlarini taklif etadi.

 

Innovatsion texnologiyalar va ilgʻor tadqiqotlar

 

Janubiy Koreya sunʼiy intellekt, avtomatlashtirish, biotexnologiya, robototexnika va tibbiyot sohalarida dunyo boʻylab yetakchilik qiladi. Universitetlar zamonaviy laboratoriyalar bilan taʼminlangan boʻlib, talabalar ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Samsung, LG, Hyundai kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda tadqiqot olib borish imkoniyatlari mavjud.

 

Raqamli taʼlim va AI texnologiyalari

 

Janubiy Koreya raqamli taʼlim va sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalariga katta ahamiyat qaratmoqda. Koʻplab universitetlar onlayn kurslar, virtual laboratoriyalar va AI asosidagi oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻygan. Masofaviy taʼlim platformalari orqali talabalar istalgan joydan turib bilim olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, AI texnologiyalarini qoʻllash taʼlim jarayonida samaradorlik va interaktivlikning oshishiga xizmat qiladi.

 

Xalqaro imkoniyatlar

 

Janubiy Koreya xalqaro miqyosda hamkorlik qilish va talabalarga global tajriba berish borasida yetakchi hisoblanadi. Universitetlar dunyoning turli mamlakatlaridagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda almashinuv dasturlarini taklif etadi. Erasmus+, UMAP va NIIED kabi xalqaro dasturlar orqali talabalar boshqa davlatlarda ham oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya dunyo boʻylab yetakchi kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatgan boʻlib, talabalar oʻqish davomida xalqaro amaliyot va stajirovkalardan foydalana oladilar.

Xulosa qilib aytganda, Janubiy Koreyada oliy taʼlim olish nafaqat sifatli taʼlim olish balki nufuzli kompaniyalarda tajriba orttirish va mehnat faoliyatini imkonini ham beradi. Innovatsion muhit, keng stipendiya dasturlari, zamonaviy universitetlar va madaniy jihatdan boy hayot Koreyani taʼlim olish uchun ideal manzilga aylantiradi.

Talabalar mustaqil ishni noodatiy topshirdi

Navbat UPSIga: UBS talabalariga xalqaro sertifikatlar topshirildi

UBSda qabulga oid vazifalar belgilab olindi

Sog‘lom turmush tarzi sari 5000 qadam

UBS Demo Day: innovatsion g‘oyalar, ekspertlar va investitsiya imkoniyatlari maydoni

“Sosyalfest 2026” xalqaro festivalida UBS vakillari taqdirlandi

UBS talabalari operatsiyada ishtirok etdi

SEGi International University ham zabt etildi: UBSliklar xalqaro sertifikat egasi boʻldi!

Central Asia – European Union University Congress 2026 UBS uchun ulkan natijalarga boy oʻtdi

Bugun UBS Toshkent filiali jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga borishdi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish