UBS — orzularim ro‘yobi
2869

UBS — orzularim ro‘yobi

UBS — orzularim ro‘yobi

Bolalikdan ulg‘ayib, maktab tomon yo‘l oldim. Maktab dargohi — ilmlar makoni, u yerda tarbiya va ilm o‘rgandim, ko‘plab fanlarni qiziqish bilan o‘qidim. Ammo vaqt degani bir pastda o‘tib ketar ekan, 9-sinfni a'lo baholarga tamomladim va oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirdim. Dildagi hayajon va qo‘rquv bilan imtihonlarni topshirdim, lekin natija men kutganidek bo‘lmadi. Men o‘qishga kirolmadim.

O‘zimdan juda xafa bo‘ldim, ammo bizning paytimizda kollejda o‘qish imkoniyati bor edi va men u yerga kirdim. Uch yil davomida o‘qib, o‘rganib, yana oliy ta'limga hujjat topshirdim. Afsuski, yana o‘sha holat takrorlandi. Yuragim og‘ridi, o‘zimni yomon ko‘rib ketdim, "Nahotki, men shunchalar omadsizman?" deb yig‘ladim.

Kunlar, oylar o‘tdi, tumanimizdagi maktabgacha ta'lim muassasasiga ishga kirdim va u yerda olti yil faoliyat olib bordim. Shu fursat ichida yana oliy ta'limga hujjat topshirdim, lekin niyatimga yetolmadim. Bu 6-7 yil davomida ish, bola-chaqa, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ldim.

So‘ngra Allohimga iltijo qilib, 2021-yilning yoz oyida yana oliy o‘quv yurtiga o‘qishga topshirdim. Endi menda qo‘rquv, hayajon, va ko‘p savollar bor edi. "Yana imtihondan o‘tolarmikanman?" — degan savol meni qiynardi. Lekin... yana omad mendan yuz o‘girdi. Umidlarim, orzularim, maqsadlarim chippakka chiqdi va men yana o‘tolmadim. "Bo‘ldi, endi o‘qimayman, baribir mendan o‘qituvchi chiqmas ekan," deb yig‘ladim. Ichimda millionlab chiroqlar, shamlar yoqishsa ham ko‘nglim yorishmasdi.

Hayotimdagi eng quvonarli kun

Yana kunlar ketidan kunlar o‘tdi. Yoz, kuz, qish fasli ham o‘tdi. Kunlardan bir kun, 7-mart 2022-yil soat 09:30da, o‘sha kundagi voqea yuragimda muhrlanib qolgan. Menga telefon bo‘lib, "Siz Ominjonova Gulzodamisiz? Biz siz bilan Toshkentdagi UBS universitetidan aloqaga chiqdik. Siz talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Bunga imkoningiz bor," deyishdi.

Bilasizmi, gapirgani tilimga so‘z kelmaydi, qo‘llarim qaltirab, hayajon juda kuchli edi, yuragim hapqirib ketdi. Faqat "Ha, ha, ha," deyish bilan kifoyalandim. "Xo‘p, unda siz bilan yana bog‘lanamiz," deyishdi. Bir qarorga kelishimni so‘rashdi.

Uyga qaytib, qaynotamga va turmush o‘rtog‘imga aytdim, tushuntirdim. Qaynotam boshida ishonmadi, "Noqonuniy, ishonchli emas, xususiy," deb ko‘nmadi. Shunda o‘zimda qandaydir kuch paydo bo‘ldi: "Dada, men o‘qiyman! Davlat o‘quv yurti bilan bir xil sharoiti, diplomi bor," deb aytdim va rosa yig‘ladim.

Keyin o‘qishni manzilini olib, Namangandagi yaqin hududni tanlab, turmush o‘rtog‘im bilan bordim. Ko‘zimda yosh, ishonch, qaynotamga bergan va'dalarim, o‘qishga kirolmagan kunlarimni eslab, UBS binosiga yetib keldim. Hujjatlarimni qabul qilishdi va biroz vaqt ichida qo‘limga talabalik shartnomasini berishdi.

Xursandchiligim cheksiz edi, dunyodagi eng baxtli ayolga aylandim. O‘sha kundan beri rejalarim, maqsadlarim o‘zgardi. Hozir aytishim mumkinki, men baxtli ona va baxtli ayolga aylandim. Tuyg‘ularimni ifodalashga so‘z yetmaydi. UBS tufayli sinib qolgan qanotim tiklandi, singan qalbim va o‘ksik ko‘nglim taskin topdi.

UBS professori "Yangi O‘zbekiston yosh olimlari" qatoridan joy oldi!

Sevimli "UBS xabarnomasi" gazetamizning yangi soni nashrdan chiqdi!

UBS faoliyati tahlili va istiqboldagi rejalar

UBS oʻqituvchilari Qirgʻizistonda malaka oshirdi

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Til oʻrganishda Ovropacha aytganda "level up" qilishni xohlaysizmi?

Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish