Ayni kunlarda UBS vakillari Turkiyaning tibbiyot sohasida oʻz nufuziga ega boʻlgan "Emsey Hospital" klinikasida boʻlib turibdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — universitet qoshida yangi tashkil etilayotgan "UBS Hospital" faoliyatini xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish hamda tibbiyot yoʻnalishi talabalari uchun zamonaviy amaliyot bazasini yaratishdan iborat.
Shuningdek, muzokaralar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Shifoxonani eng soʻnggi avlod tibbiyot jihozlari bilan ta'minlash;
Turkiyadan malakali shifokor va mutaxassislarni jalb etish;
Tibbiyot yoʻnalishi talabalariga Turkiyadagi yetakchi klinikalarda malaka oshirish va eng ilgʻor davolash usullarini bevosita oʻrganish imkoniyatini yaratish.
Ushbu hamkorlik nafaqat shifoxona nufuzini oshirishga, balki talabalarning xalqaro tajribaga ega boʻlishida muhim qadam boʻlishiga ishonamiz.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa