Mustaqillik kuni munosabati bilan rektor tabrigi!
1253

Mustaqillik kuni munosabati bilan rektor tabrigi!

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar, hurmatli ustozlar va talaba-yoshlar!

 

Vatanimiz mustaqilligining shonli 33 yilligi “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda nishonlanmoqda.

 

Siz azizlarni, eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

 

Ustozlarimizga yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilayman!

 

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom olgan joriy yilda, mamlakatimizda navqiron avlodning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyatiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini barchamiz bilamiz. Shu munosabat bilan, University of Business and Science universitetida ham bu yilgi qabul jarayonlarida yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar va bepul bilim olish uchun grant kvotalarini ajratganimiz bejiz emas, albatta. Mamlakatimizning porloq kelajagi aynan biz qo‘llab-quvvatlayotgan yoshlarning qo‘lida ekanligiga ishonamiz!

 

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tantanalari ham o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda, universitetimizning talabalari safiga qo‘shilgan barcha o‘g‘il-qizlarimizni ulug‘ ayyom va talabalik baxti bilan chin dildan muborakbod etaman!

 

Bugungi kunda ilm-u ma’rifat urug‘ini qalbiga ekayotgan barcha talaba-yoshlarimiz ilm-fan sirlarini o‘rganishda yanada faol bo‘lib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk kadr sifatida kamol topishlariga tilakdoshman!

 

Yana bir bor barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik ayyomi bilan tabriklab, sihat-salomatlik, oilangizga fayz-u baraka, o‘qish va ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman! Yurtimiz tinchligi, mustaqilligi, elimizning hur va obodligi abadiy bo‘lsin!

 

Barchangizga sogʻlik va omonlik, omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

 

Karimjon Boymirzayev, "University of Business and Science" rektori

Talabalar mustaqil ishni noodatiy topshirdi

Navbat UPSIga: UBS talabalariga xalqaro sertifikatlar topshirildi

UBSda qabulga oid vazifalar belgilab olindi

Sog‘lom turmush tarzi sari 5000 qadam

UBS Demo Day: innovatsion g‘oyalar, ekspertlar va investitsiya imkoniyatlari maydoni

“Sosyalfest 2026” xalqaro festivalida UBS vakillari taqdirlandi

UBS talabalari operatsiyada ishtirok etdi

SEGi International University ham zabt etildi: UBSliklar xalqaro sertifikat egasi boʻldi!

Central Asia – European Union University Congress 2026 UBS uchun ulkan natijalarga boy oʻtdi

Bugun UBS Toshkent filiali jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga borishdi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish