Bugun UBSning Toshkent filialida Kuzatuv kengash raisi o’rinbosari Zufar Xurramov boshchiligida filial faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, dastavval, ilmiy unvon olgan bir guruh professor-ustozlar taqdirlandi.

Shuningdek, Filialning xalqaro faoliyatiga ham toʻxtalib, ayni paytda Tailandda boʻlib oʻtayotgan CAPEU yigʻilishidagi ishtirok hamda bir guruh talabalarning Vengriya va Italiya universitetlarida tahsil olayotgani ham yutuq sifatida e’tirof etildi.

Ammo, filialda yetarlicha kamchiliklar va muammolar ham mavjudligi alohida qayd etilib, ularni tegishli tartibda hal qilish boʻyicha topshiriqlar yuklatildi.
Jumladan, 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish va bunda shaffoflik, qulaylik va texnologiyalardan samarali foydalanishga urgʻu berilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, jamoaviy muhitni yanada yaxshilash, talabalar bilan ishlashda kreativlikka koʻproq eʼtibor berish va eng muhimi, talabalarga faqat taʼlim emas, tarbiya berish ham muhim ekani taʼkidlanib, mutasaddi rahbarlarga bu boʻyicha ham topshiriqlar berildi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa