UBSning muhandislik yo‘nalishlaridagi talabalarini Koreyaga amaliyotga yuborish rejalashtirilmoqda
1718

UBSning muhandislik yo‘nalishlaridagi talabalarini Koreyaga amaliyotga yuborish rejalashtirilmoqda

Xabaringiz bor, kuni kecha universitetimizga “Korea Nodir Metallar va Ilg’or Materiallar Markazi (KORAM)” Ijrochi direktori, professor Kim Bum Sung tashrif buyurgan edi. Ushbu uchrashuvda bir nechta loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish muhokama qilingan.

Mazkur masalalarni hamkorlikda izchil davom ettirish maqsadida “University of Business and Science” delegatsiyasi Koreyaga safarida Incheon shahrida bo‘lib, KORAM rahbar xodimlari bilan uchrashdi.

Rasmiy uchrashuvda UBS va KORAM o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlaridagi talabalarni qisqa muddatli amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Bunda, bir o‘quv yili uchun 30–40 nafar talaba ilmiy grant asosida KORAM bazasida amaliyotlarini tashkillashtirish hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz KORAM bazasidagi laboratoriya va yarim sanoat sinov tekshiruvlari o‘tkaziladigan uskunalari bilan tanishdi. Ularga rahbariyat xodimlari tomonidan yuqori aniqlikda ishlovchi uskunalarni texnik xususiyatlari va jarayonlarni qay tarzda olib borilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Yakunda, ikki tashkilot orasidagi anglashuv memorandumi 2025-yilning fevral oyida rasmiy imzolanishi kelishib olindi.

UBS professori "Yangi O‘zbekiston yosh olimlari" qatoridan joy oldi!

Sevimli "UBS xabarnomasi" gazetamizning yangi soni nashrdan chiqdi!

UBS faoliyati tahlili va istiqboldagi rejalar

UBS oʻqituvchilari Qirgʻizistonda malaka oshirdi

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Til oʻrganishda Ovropacha aytganda "level up" qilishni xohlaysizmi?

Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish