UBS delegatsiyasining Malayziyadagi ilk uchrashuvi SEGi universitetida bo‘lib o‘tdi.
UBS oliygohi hammuassisi Temurxon Ochilov boshchiligidagi delegatsiyamiz SEGI universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi. Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Maʼlumot uchun: SEGi University — QS World University Rankings 2026 reytingida TOP 740 talikdan o'rin olgan, hamda QS 5 Star Plus maqomiga ega bo‘lgan, Malayziya va butun dunyoning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan universitetdir. Bu maqom universitetning ta’lim sifati, xalqaro aloqalari va innovatsion yondashuvlariga berilgan yuksak bahodir.

Mazkur tashrif UBSning xalqaro ta’lim maydonidagi aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa