UBS delegatsiyasi Turkiyaning nufuzli oliygohlaridan sanalgan Yeditepe Universitetiga tashrif buyurdi.

Rahbariyat bilan uchrashuv va universitet faoliyati bilan tanishuv hamkorlik memorandumi imzolanishi bilan yakunlandi.

Ushbu hamkorlik doirasida talabalarimiz uchun katta imkoniyat eshiklari ochiladi.
Nima uchun aynan Yeditepe Universiteti?

1996-yilda Istanbul Ta'lim va Madaniyat Jamgʻarmasi (İSTEK) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, Yevropa Universiteti Assotsiatsiyasi baholashidan oʻtgan Turkiyaning birinchi nodavlat universitetidir.
Oʻzining kasalxonasi, nufuzli stomatologiya maktabi va koʻz kasalliklari tadqiqot markazi bilan mamlakat hayotida alohida oʻrin tutadi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa