Xabaringiz bor, ayni kunlarda UBS vakillari hamkor — Turkiyaning Karabuk universiteti tomonidan an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Sosyalfest 2026” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Xalqaro miqyosda tashkil etilgan mazkur nufuzli festivalda UBS delegatsiyasi faolligi va munosib ishtiroki bilan alohida e’tirof etildi. Xususan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilshodjon Xolmatov hamda Tibbiy kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Erkinjon Matxoliqov festival doirasidagi tadbirlarda samarali qatnashib, UBS va Karabük universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

Shu munosabat bilan UBS vakillari Karabük universiteti rektori tomonidan hamkorlik ramzi va xalqaro festivaldagi faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandi.

Ustozlarimizning ta’kidlashicha, “Sosyalfest 2026” yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, turli davlatlardan kelgan ta’lim muassasalari va tashkilotlar vakillari uchun tajriba almashish, yangi g‘oyalar bilan tanishish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim maydonga aylandi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa