Dunyo tan olgan universitetlar bilan hamkorlik: UBS yangi bosqichda
413

Dunyo tan olgan universitetlar bilan hamkorlik: UBS yangi bosqichda

13-noyabr kuni UBSda Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — Hanyang University va Sookmyung Women’s University vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida akademik va madaniy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.




Mazkur uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi:
— Professor-o'qituvchilar hamda talabalar uchun o‘qish va akademik almashinuv dasturlari;
— Grant va stipendiya dasturlari;
— 2+2 va 3+1 qo'shma ta'lim dasturlari.
—UBSda Koreya Madaniyati va Til Markazini tashkil etish masalasi.

Shuningdek, Janubiy Koreya universitetlari vakillari tomonidan UBS talabalari uchun maxsus taqdimot sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu sessiya orqali talabalar xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.



Ma’lumot uchun:
Hanyang University — dunyo miqyosida yuqori baholangan universitetlardan biri bo‘lib,
— QS World University Rankings 2026 bo‘yicha 159-o‘rin,
— Times Higher Education 2025 bo‘yicha 251–300 oralig‘i,
— CWUR 2024 reytingiga ko‘ra Janubiy Koreyadagi 400 ta universitet orasida TOP-6 o'rindan joy olgan.

Universitet ayniqsa muhandislik, biznes, hamda fan va texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak e’tirofga ega.

Sookmyung Women’s University — ayollar ta’limi sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, liderlik, san’at va ijtimoiy fanlar yo‘nalishida faoliyat yuritadi.



Bu tashabbus UBSning xalqaro hamkorlik strategiyasida muhim bosqich bo‘lib, talabalarga xorijiy akademik muhitda o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini beradi.

UBS professori "Yangi O‘zbekiston yosh olimlari" qatoridan joy oldi!

Sevimli "UBS xabarnomasi" gazetamizning yangi soni nashrdan chiqdi!

UBS faoliyati tahlili va istiqboldagi rejalar

UBS oʻqituvchilari Qirgʻizistonda malaka oshirdi

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Til oʻrganishda Ovropacha aytganda "level up" qilishni xohlaysizmi?

Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish