UBS va Koreya: xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim qadamlar
2660

UBS va Koreya: xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim qadamlar

Joriy yilning 24-yanvar kuni “University of Business and Science” vakillari va O‘zbekistonning Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mutasaddilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish, talabalar almashinuvi va istiqbolli qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalar muhokama qilindi.

 

Xususan, UBSning xalqaro munosabatlari, akademik hamkorliklar va ta’lim sohasidagi bir qator yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi:

 

   Koreyaning yetakchi universitetlari bilan 2+2, 3+1 qo‘shma ta’lim dasturlari;

   talabalar almashinuvi;

   talabalarni qisqa muddatli amaliyotlarga yo‘naltirish;

   o‘qishni hamkor universitetlarda davom ettirish masalalari keng muhokama qilindi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari bilan muhokamalarda muhim takliflar ham ilgari surildi. Jumladan,

 

   “Kyungdong University” bilan tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;

   “Korea Elevator University” bilan lift muhandislarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish;

   sanoat korxonalari bilan talabalar uchun qisqa muddatli amaliyotlarni tashkil etish kabi tashabbuslar ilgari surildi va kelgusi rejalarga kiritildi.

 

Muzokaralar yakunida, tomonlar kelgusida doimiy hamkorlik qilish va O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldilar.

 

Shuningdek, elchixona vakillari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ularni xabardor qilib borish masalasi muhim vazifa sifatida belgilandi.

 

Mazkur uchrashuv “University of Business and Science” uchun xalqaro miqyosdagi ta’lim hamkorligini rivojlantirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va O‘zbekistonning ta’lim tizimini jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Universitet va elchixona o‘rtasidagi yaqin hamkorlik kelgusida yanada keng qamrovli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

UBS professori "Yangi O‘zbekiston yosh olimlari" qatoridan joy oldi!

Sevimli "UBS xabarnomasi" gazetamizning yangi soni nashrdan chiqdi!

UBS faoliyati tahlili va istiqboldagi rejalar

UBS oʻqituvchilari Qirgʻizistonda malaka oshirdi

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston!

TAYINLOV

UBS OAVda

UBS va bitiruvchi talabalar viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi

Til oʻrganishda Ovropacha aytganda "level up" qilishni xohlaysizmi?

Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiya — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish